Янгиликлар /

Klopp: Mourino mavsumni yomon boshlamadi

Мақола нашр қилинди

«Liverpul» klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp APLning 8-turidan o‘rin olgan «Manchester Yunayted»ga qarshi uchrashuv oldidan «qizil iblis»lar bosh murabbiyi Joze Mourino haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Manchester Yunayted» inqirozdami? Kim bunday o‘yga bordi? Liverpullik 4 ta muxlisning oddiy suhbati-ku bu? Bunday bo‘lishi mumkin emas.

Mourino «MYu» bilan mavsum startini yomon boshlamadi. Ishonmasangiz, uni mavsum avvalida nechta o‘yinda g‘alaba qozonganini yodga oling?

Endi esa uni g‘alaba qozonsa ham tanqid qilyapsizlar. Bu bema’ni ish. Joze qanday qilib omadga erishishni yaxshi biladi. Uning jamoasi yaxshi yoki yomon o‘ynashi bu sizlarning ishingiz emas. Mourinoni tanqid qilishga katta sabab yo‘q.

Mourino YeChL musobaqasi shohsupasini men qatnashganimdan ham ko‘p bora qo‘lga kiritganini unutmaslik kerak.

O‘yin haqida nima deya olaman?

Agar biz «Manchester Yunayted»ga mag‘lub bo‘lsak hozirda Mourinoga berilayotgan savollar hamda tanqidlar yomg‘iri meni boshimda yog‘ishi aniq.

Mourinoni avval yaxshi murabbiy bo‘lgan kabi so‘zlarni maqullamayman», — deydi Klopp.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.