Янгиликлар /

Nevill: Klub tayyor emas

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» klubining sobiq himoyachisi, ayni paytda Sky Sports eksperti Gari Nevill «Liverpul»ga (0:0) qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrini ma’lum qildi.

«Bu o‘yin «MYu»ning holatiga oydinlik kiritdi, klub chempionat g‘olibi bo‘lish uchun tayyor emas. Mourino «Chelsi»ga qaytganida, chempion bo‘lishga tayyor emasligini aytgandi. Bu ham shunga o‘xshash vaziyat.

Ayni paytda «MYu» — yetarlicha mahoratga ega emas. Bugun ularda standart vaziyatlar kam bo‘ldi, qarshi hujumlardagi o‘yini qovushmadi, katta kuch bilan himoyalandi.

Hozircha Mourinoga ishonch bildirilmaslikka sabab yo‘q. Bir mavsumni o‘zidayoq katta o‘zgarish qilish qiyin. Keyingi mavsumda esa ko‘ramiz» — dedi Nevill.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.