«Manchester Yunayted» sardori Ueyn Runi jamoada doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotganiga qaramay, hamon har bir bahsda maydonga tushish uchun yetarli kuchga egaligini aytib o‘tdi.
«Menga har hafta maydonga tushishim mumkinligi haqida o‘ylash yoqadi. Bu murabbiyning qarori va uni hurmat qilaman. Kelasi haftada 31 yoshga to‘laman, ammo hali futbolda qiladigan ishlarim juda ko‘p».
«Faoliyatimdagi eng muhim sinov shumi? Yo‘q. Bu futbol. Men butun faoliyatim davomida asosiy tarkibda o‘ynab kelganman. Bu shunchaki yangi sinov holos. Albatta men maydonga tushishni istayman. Men tarkibga qaytish borasida ishlashda davom etishim lozim. Ishonchim komil, men bu imkoniyatdan foydalana olaman», — deydi Runi.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.