Янгиликлар /

Fosu-Mensa yangi shartnoma imzoladi

Мақола нашр қилинди

Timoti Fosu-Mensa «Manchester Yunayted» bilan 2020 yil iyuniga qadar 4+1 ko‘rinishdagi yangi shartnoma imzoladi. Bu xaqida jamoa rasmiy sayti xabar bermoqda.

18-yoshli Fosu-Mensa «Yunayted» tarkibiga 2014 yilda kelib qo‘shilgan va jamoa Akademiyasida faoliyat olib borayotgan edi, so‘ngra jamoaning 21 yoshgacha bo‘lga tarkibiga qabul qilindi. Futbolchi o‘tgan mavsumda asosiy jamoa tarkibida «Arsenal» ga qarshi uchrashuvda debyut qilgan. Shundan so‘ng asosiy jamoa tarkibida 12 uchrashuv o‘tkazishga erishdi.

Yangi shartnoma borasida Timoti quydagilarni aytib o‘tdi: «Men «Manchester Yunayted» bilan yangi shartnoma imzolaganimdan bahtiyorman. Bu ajoyib jamoada o‘tkazayotgan xar bir daqiqadan roxat olmoqdaman. Men murabbiyim va jamoadaoshlarimdan doimiy ravishda o‘rganib o‘sishga erishmoqdaman. Jamoa tomonidan menga bildirigan ishonchni maydondagi o‘zimning yaxshi o‘yinimi bilan isbotlashga xarakat qilaman».

Shuningdek bosh murabbiy Joze Mourinyu ham qisqacha futbolchi xaqida to‘xtalib o‘tdi: «Tim – ajoyib potensialga ega yosh futbolchi. Men uning yangi shartnoma imzolaganidan xursandman, va uning hozirgi vaqtdagi o‘sishidan mamnunman. Har kuni mashg‘ulotlarda biror bir yangilik o‘rganmoqda, va ushbu mavsumda albatta u o‘zini ko‘rsatish uchun ko‘p imkoniyatlarga ega bo‘ladi». 

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.