«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino hujumchi Zlatan Ibragimovichning jamoadagi o‘rni borasida aytib o‘tdi.
«U biz undan nima kutayotganimizni yaxshi biladi. Men undan xursandman. Oradan 6 yil o‘tib yana birgalikda u bilan ishlamoqdamiz, u o‘ziga xos ambitsiyalarga ega, maydonga tushish uchun bo‘lgan ishtiyoq kuchli. Bunday holat menga maqqul keladi. U doim yetuk jismoniy holatda va maydonga tushishga shay».
«U yechinish xonasida jamoaga kata ta’sir ko'rsata oladi. U jamoaning yosh futbolchilari uchun yaxshi na’muna, ularga ijobiy tomonlama o‘rnak bo‘la olishi mumkin», — deydi Mourinyu.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.