Янгиликлар /

Mourino: Endi biz g‘alaba qozonishimiz kerak

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino Angliya chempionati doirasida «Chelsi»ga qarshi kechgan mag‘lubiyatli o‘yindan (0:4) keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Biz qayg‘udamiz, lekin bu vaziyat yosh bolalar uchun emas, erkaklar uchun. Ertaga biz erkak bo‘lib, keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. Men hozir ko‘proq Premer-liga haqida o‘ylashni xohlardim, Liga kubogi [«Manchester Siti» bilan] haqida emas. APLdagi ishlarimiz yaxshi emas — 3ta o‘yindan iborat g‘alabasiz seriya  va yetakchilar bilan farq 6 ochkoni tashkil qilmoqda. Raqibdan kuchliroq bo‘lganimizda ham ochko yo‘qotyapmiz, masalan «Stok» bilan o‘yindagi kabi».

«Endi biz g‘alaba qozonishimiz kerak. Oldinda «Byornli», «Suonsi», «Vest Hem», «Sanderlend» va «Midlsbro»ga qarshi o‘yinlar kutib turibdi. Men bu jamoalarni oson raqib demayman, ammo biz ularni yengishimiz shart. O’tgan haftada biz «Chelsi» va «Liverpul»ga qarshi bahslarda ishtirok etganimiz kabi top-5 jamoalari keyingi bahslarda o‘zaro o‘ynaydi. Bu o‘yinlarda yetakchilar ham ochko yo‘qotadi. Demak, biz hali chempionlik uchun kurashdan chiqib ketganimiz yo‘q».

«Buni yashirish kerakmas, qolaversa bu yuzimizda ham yozilib turibdi», – deya Mourinoning so‘zlarini keltirgan The Telegraph.

APLning 9-turidan keyin «MYu» 14 ochko bilan turnir jadvalida 7-o‘rinni egallab turibdi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.