Янгиликлар /

Mourino: Runi sotilmaydi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino hech qachon Ueyn Runini jamoadan ketishiga yo‘l qo‘ymasligini ma’lum qildi.

«Yo‘q, uni hech qachon sotmayman. Bunday obro‘ga ega futbolchidan klub ham, bosh murabbiy ham voz kechmaydi.

To‘g‘ri, uch o‘yin davomida uni zaxirada qoldirdim. Chunki qanchalik og‘ir bo‘lmasin, jamoa manfaatini futbolchinikidan ustun qo‘ydim.

Biz shunday sohada ishlayapmizki, unda ba’zan to‘g‘ri, ba’zan noto‘g‘ri qarorlarni qabul qilamiz. Ammo har doim jamoa manfaatini ustun qo‘yishga harakat qilamiz» — dedi Mourino.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.