Янгиликлар /

Ouen: Runi meni hayron qoldirdi

Мақола нашр қилинди

BT Sport eksperti Maykl Ouen «Manchester Yunayted» – «Fanerbaxche» klublari o‘rtasidagi o‘yin haqida o‘z fikrini bildirar ekan, Ueyn Runining penaltini tepmasdan Pogba va Marsiyalga imkoniyat berganidan hayron ekanini yashirmadi.

«O‘yindan oldin ko‘pchilik ushbu jamoalar o‘rtasidagi o‘n ikki yil oldingi o‘yinni eslashdi. O‘shanda Runining Manchesterdagi debyut uchrashuvi bo‘lgan va u xet trik qilgandi. Gollardan birini penaltidan kiritgan.

Yosh va dadil Ueyn penalti tepilayotgan vaziyatda kimsan Rayan Giggzga yon bosmagandi. Endi esa, u bemalol yosh sheriklariga bu imkoniyatni bermoqda. Axir Runining har bir goli Bobbi Charltonning rekordiga yaqinlashtiradi. O‘sha golni urganida esa, yevrokuboklardagi gollar soni bo‘yicha Ruud van Nistelroyga yetib olardi» – dedi Maykal Ouen.

Sobiq hujumchining fikricha, agar Runi bunday vaziyatlar ham yetakchilikni qo‘lga olishdan qochadigan bo‘lsa, sardorlik bog‘ichini ham topshirishi kerak.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.