«ManchesterYunayted» bosh murabbiyi ser Aleks Fergyuson ispaniyalik darvozabon David De Xeagabo‘lgan ishonchini butkul yo‘qotdi va o‘z jamoasi uchun boshqa golkiper qidirmoqda.Bu xabarni The Telegraph gazetasi tonggi nashrida chop etdi.
Yakshanba kuniPremer-ligadagi «Tottenxem» bilan o‘yinga qo‘shib berilgan vaqtda De Xeaning xatositufayli «MYU» faqat bir ochko bilan cheklandi.
Biroq ser Aleks22 yoshli ispanga ishonchini bu o‘yinga qadar yo‘qotib bo‘lgandi. Davidni «Atletiko»dan18 million funtga sotib olayotganda Fergyuson De Xea «Chelsi»dagi Petr Chex izidanborishiga umid qilgandi. Ammo murabbiy shogirdi Angliya futboli standartlariga mosemasligini tushunib yetdi.
«Yunayted» zaxirasidaAnders Lindegor bor, ammo u ham De Xeadan u qadar kuchli emas. Ammo mavsumning qolganqismida ham Fergyuson De Xeaga ishonishi kutilyapti.
«Qizil iblislar»boshqa nomzodlarni izlashni boshlab yuborganlar. «Yunayted» hozirda Asmir Begovich «Stok Siti», Fernando Muslera «Galatasaroy» va hatto Viktor Valdes «Barselona»bilan Iker Kasilyas «Real» nomzodlarini ham ko‘rib chiqyapti.
Bu muammoni Fergyuson kelayotgan yozda hal qiladi. Davidningo‘ziga yangi klub topishi qiyin bo‘lmasa kerak. Uning xizmatlariga o‘z vatanida«Barsa» va «Real» qiziqish bildirgan.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.