Angliya futbol assotsiatsiyasi «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourinyu tomonidan diskvalifikatsiya qilindi. Assotsiatsiyasi rasmiy sayti xabar berishicha Mourinoga ikki holat bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.
Birinchisi, murabbiy 2016 yil 14 oktyabrda «Liverpul» (0:0) jamoasiga qarshi o‘yindan oldin, bosh hakam Entoni Teylor borasida aytgan gaplari uchun bo‘lgan.
Ikkinchi ayblov esa «Byornli» (0:0)ga qarshi kechgan o‘yinning birinchi bo‘limidan so‘ng bosh hakam qarorlariga e’tiroz bildirganuchun deyilgan.
Umumiy olganda ushbu ikki holat yuzasidan Angliya futbol assotsiatsiyasi Joze Mourinoni 1 uchrashuvga diskvalifakitsiya qildi va 50 ming funt miqdorida jarimaga tortdi hamda ushbu holatni takrorlamaslik borasida ogohlantirildi.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.