Янгиликлар /

Anri: Ibrahimovich vaziyatdan chiqib keta oladi

Мақола нашр қилинди

«Arsenal» jamoasining sobiq futbolchisi Terri Anri yangi mavsumdan «Manchester Yunayted»da to‘p surayotgan Zlatan Ibrahimovich APLning 6 turidan buyon gol ura olmayotganiga munosabatini bildirib o‘tdi.

«Bungacha barcha savollar Ueyn Runi hamda Joze Mourinoga qaratilayotgandi, endilikda Ibrahimovich norozi fikrlar diqqat markazida qoldi. Zlatan o‘z faoliyati davomida ilk marta bunaqa vaziyatga tushdi. Chunki u hamisha gol urardi. U bu vaziyatdan chiqib keta oladi, men bilamanki, unda buning uchun kuchli xarakter va layoqat mavjud».

«Golsiz o‘yinlar, agar jamoa ham mag‘lubiyatga uchrasa futbolchining ruhiy holatiga salbiy ta’sir qiladi. Agar jamoasi g‘alabali yurish qilganida vaziyat boshqacha bo‘lardi. Menimcha, muvaffaqiyatsizliklar Zlatanning o‘ziga bo‘lgan ishonchiga ta’sir ko‘rsatmoqda, axir u ham odam. Ammo unda barchasini hal qilish uchun barchasi bor», — deya Anridan iqtibos keltirgan Sky Sports.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.