Янгиликлар /

Lingard yangi shartnoma imzolaydi

Мақола нашр қилинди

The Daily Mail nashri xabar berishicha Jessi Lingard «Manchester Yunayted» bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi.

«Manchester Yunayted» akademiyasi bitiruvchisi jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyuda katta ta’sur qoldirgan va shu sababli ko‘p o‘yinlarda asosiy tarkibda maydonga tushib kelmoqda. Jessi shuningdek Angliya terma jamoasi tarkibida ham debyutini o‘tkazishga erishdi.

Lingard yangi shartnomaga ko‘ra «Old Trafford»da yana 4 yil to‘p suradi va haftalik maoshi 30 ming funtni tashkil etishi belgilangan.

23 yoshli futbolchi amaldagi shartnomasi 18 oydan so‘ng nihoyasiga yetadi va shu sababli jamoa bilan yangi shartnoma imzolash yuzasidan muzokaralarga kirishgan.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.