Янгиликлар /

Errera: Atayin qilmadim

Мақола нашр қилинди

Ander Errera «Bernli» bilan o‘yinda (0:0) maydondan chetlatilganidan so‘ng hayotidagi eng og‘ir kunlardan birini boshdan kechirganini gapirib berdi.

«Bu juda g‘alati kun bo‘ldi. O‘yindan keyin Xuan Mata bilan gaplashganimda u ham men kabi ilgari bunaqa holatga tushmaganini aytdi. Biz 20 yoki 22 ta vaziyat sodir etdik. 90 daqiqa davomida to‘pni nazorat qildik va gol urolmadik. Bu shunchaki hayratlanarlidir. Shu kuni omad bizdan yuz o‘girdi. Umid qilamanki, biz qachondir adolat qaror topiishini ta’minlaymiz va 5-0 yoki 6-0 hisobida g‘alaba qozonamiz.

Men ikkala folni ham atayin qilmadim. Axir qo‘pol futbolchi emasman. Birinchi holatda tizzamni olib qochishga, raqibga urilmalikka harakat qilgandim. Ikkinchi vaziyatda esa shunchaki sirpanib ketdim», deydi klub rasmiy saytiga bergan bayonotida.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.