Янгиликлар /

Xargrivz: Reshford chaproqda o‘ynashi lozim

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» klubi sobiq yarim himoyachisi Ouen Xargrivz mankunianliklarning joriy mavsumdagi ishtiroki haqida fikr bildirdi.

«Menimcha «Manchester Yunayted»ning himoyadagi futbolchilari juda kuchli va boz ustiga jamoada Premer liganing eng yaxshi darvozaboni to‘p surmoqda. Balki Kerrik va Errerani o‘ngroqda, Pogbani esa chaproqda o‘ynatish lozimdir».

«Hujumda Reshford chaproqda o‘ynashi lozim, Mxitaryan esa o‘ngroqda. To‘g‘risini aytsam, «Manchester Yunayted»ning tarkibi Angliya chempionatida hech bir jamoadan kuchsiz emas. Ammo mavjud vaziyatga qaraydigan bo‘lsak, jamoa kuchli to‘rtlikka kirishi juda qiyin masala», — deydi Xargrivz.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.