Янгиликлар /

Mata: Ularning hammasi yolg‘on

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» futbolchisi Xuan Mata jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyu bilan o‘rtalaridagi munosabat haqida gapirib o‘tdi.

«Mourinyu ikkalamiz o‘rtamizdagi munosabatlar haqida turli xil uydirmalar o‘ylab topilgan. Ularning hammasi yolg‘on».

«Qachon jamoaga yangi murabbiy kelsa, men faqat o‘zimni ko‘rsatishim va murabbiy ishonchini qozonish haqida o‘ylayman. O’z kuchimga ishonaman va bu narsa ish beradi. Oila a’zolarim ham shu haqida ko‘p so‘rashadi. Men ularga hammasi joyidaligini aytaman. Mourinnyu bilan oramizda hech qanday muammo yo‘q. O’rtamizda hech narsa ro‘y bermagan. Men «Manchester Yunayted»ga o‘ynash uchun kelganman. Joze bilan esa faqat professional munosabatdamiz. Boshqa hech narsa ruy bergani yo‘q. Bu haqida avval ham aytganman».

Eslatib o‘tamiz, Xuan Mata «Chelsi»dan ketishiga aynan Joze Mourinyu sabab bo‘lgandi. «Chelsi»dan «Manchester Yunayted»ga kelgach bu yerda ham eski qadrdoni Joze bilan duch keldi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.