Янгиликлар /

Shvaynshtayger mashg‘ulotlarga qaytdi

Мақола нашр қилинди

Germaniyalik «Yunayted» yarim himoyachi Bastian Shvaynshtayger uzoq muddatli tanafusdan so‘ng yana asosiy jamoa bilan birgalikda mashg‘ulotlarda ishtirok etdi.

Joze Mourinyu jamoaga bosh murabbiy bo‘lgandan so‘ng 32 yoshli futbolchi yakka tartibda mashg‘ulot olib borayotgan edi. Nihoyat Joze unga asosiy jamoa bilan birgalikda mashg‘ulotlarda ishtirok etishiga ruxsat berdi.

The Daily Mail  nashri tomonidan taqdim qilingan fotoda futbolchi yaxshi kayfiyatda Ueyn Runi bilan birgalikda mashg‘ulotlar olib borayotgani aks ettirilgan.


Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.