Янгиликлар /

Mourino: Mxitarya ko‘proq ish bajarishi kerak

Мақола нашр қилинди

«Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino Yevropa Ligasi 4-turidan o‘rin olgan «Fenerbaxche» jamoasidan mehmonda uchralgan mag‘lubiyat (2:1)dan so‘ng jamoasi o‘yinidan norozi bo‘ldi va  quyidagilarni aytib o‘tdi.

«Bizda barcha muammolar umumiy yondashuvdan boshlandi. Raqib ECHL finalida, biz esa mavsum oldi uchrashuvida o‘ynagandek. «Fenerbaxche»  jamoasi g‘alabaga juda haqli edi. Futbolda faqatgina sifat emas, harakatchanlik, fidoiylik, to‘liq kuch bilan o‘ynashga intilish va boringizni berishingiz juda muhim. Ikkinchi daqiqadayoq to‘p o‘tkazib yuborgan jamoa — o‘yinga tayyor emasligi va shu jumladan ruhiy jihatdan ham».

Shuningdek, Joze Mourino yarim himoyachi Genrix Mxitaryan borasida ham fikr bildirib o‘tdi.

«Barchasi oddiy. U shunchaki ko‘proq ish bajarishi kerak. Bu jamoadan ko‘p narsa kutishadi va uning pozitsiyasida ko‘plab futbolchilar bor. Mxitaryan Mata, Lingard va Marsiyaldan yaxshiroq o‘ynashi kerak xolos».

«Har bir murabbiy o‘yinlarni g‘alaba qozonishni istaydi, har bir murabbiy yaxshiroq jismoniy holatda bo‘lgan futbolchidan foydalanadi. Bu yerda xech qanday boshqa gap yo‘q, mening sababim faqat shu».

Eslatib o‘tamiz, Mxitaryan ushbu uchrashuvda 10 sentyabrdan beri ilk marta «Yunayted» safida maydonga tushdi. 27 yoshli armanistonlik futbolchi 61-daqiqada zahiradan  Markus Reshford o‘rniga tushdi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.