Янгиликлар /

Mourino: Hamma narsaga tayyor turish lozim

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino «Suonsi»ga qarshi kechgan o‘yindan so‘ng (3:1) fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Smolling og‘riq tufayli to‘liq kuch bilan o‘ynay olmasligini his qildi. Shou esa bugun tongda maydonga tusha olmasligini aytdi. Shu bois himoya chizig‘ini o‘zgartirishga to‘g‘ri keldi».

«Blindda ham ba’zi muammolar bor edi, ammo u zaxirada o‘tirishga va jamoaga yordam berishga rozi bo‘ldi. Bu yerda siz ko‘rib turgan odamlar, men og‘ir o‘yinlarda ishona oladigan odamlardir».

«Sportning har bir turida — men buni shundan bilamanki, boshqa sport turlarida yuqori saviyada ishtirok etayotgan do‘stlarim bor — hatto 100 foiz tayyor bo‘lmaganingda ham maydonga tushishing lozim bo‘ladi».

«Mening bir do‘stim bor, u mashhur tennischi, uning aytishicha og‘riq bilan o‘ynagan o‘yinlarini ko‘proq yodda saqlab qolar ekan. Boshqalar bilan raqobatda bo‘lish uchun bor kuch va imkoniyatni sarflash lozim. Ba’zilar uchun bu madaniyat bilan bog‘liq, ammo men uchun emas».

«Botirlar bilan hatto biroz og‘riqqa ham ahamiyat qaratadiganlar o‘rtasida farq bo‘ladi. Agar men ko‘plab buyuk futbolchilar bilan gaplashganimda, ular og‘riq bilan ham o‘ynashga to‘g‘ri kelganini aytgan bo‘lardilar. Jamoa uchun hamma narsaga tayyor turish lozim».

«Albatta bu gaplar hamma futbolchilarga ham tegishli emas. Masalan, Fil Jons mashg‘ulot o‘tamay ham maydonga tushdi, Eshli Yang va Ueyn Runi uchun og‘riq bilan o‘ynash bemalol uddalanadigan vazifa».

«Futbolchilar men uchun maydonga tushadigan bo‘lsalar o‘zgarishlari lozimmi? Mutlaqo to‘g‘ri. Ammo mendan ham muhimroq — «Manchester Yunayted» sharafini himoya qilish uchun o‘zgarish lozim», — deydi Mourino.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.