Янгиликлар /

Ibragimovich: Asosiysi jamoa g‘alaba qozonishidir

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» hujumchisi Zlatan Ibragimovich «Suonsi»ga qarshi uchrashuvdagi (3:1) dubli haqida fikr bildirdi.

«Bilasizmi? 15 yillik faoliyatim davomida ko‘p gol urganman va buni davom ettiraman. Bu qanday ishlashini bilaman. Vaziyatlar yaratishda, raqib jarima maydonchasida o‘ynashda davom etsang gollar bo‘ladi, shu sababli havotirlanganim yo‘q edi. Asosiysi jamoa g‘alaba qozonishidir. Bu ishonch bag‘ishlaydi».

«Gol urishni istagan edim, bu sir emas. Gol urishni xohladim, chunki men jamoaga shunday yordam beraman. Jamoadoshlarimga vaziyatlar yaratib, ular gol urishini istayman. Buni bajarishda davom etarkanman, havotirlanmayman. Ha, so‘nggi uchrashuvlarda buni uddalay olmayotgandim, ammo vaziyatlar bo‘ladi. So‘nggi bahslarda biroz omadim kelmadi, ammo ishlashda davom etish lozim».

«Faoliyatimda 400 ta gol? Bu yoqimli rekord, biroq doimo o‘ylaydigan narsa emas. Ko‘proq gol urishga e’tibor qaratganman. Ba’zilarning o‘tkazgan uchrashuvlari gollarim soniga teng emas, shu sababli xursandman» — deydi Ibragimovich.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.