Янгиликлар /

«Yunayted» Keynni sotib olish niyatida

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» klubi hamon «Tottenxem» jamoasi hujumchisi Xarri Keynni sotib olish niyatida.

Squawka nashrining ma’lumotiga ko‘ra, mankunianliklar 23 yoshli Angliya termasi a’zosiga haftasiga 150 ming funt sterling maosh to‘lashga tayyor. Ayni damda futbolchi londonliklar safida haftasiga 60 ming ishlab topadi.

«Tottenxem» hujumchining maoshini haftasiga 100 ming funtga qadar oshirishga tayyor, ammo bu haqida muzokaralar to‘xtatilgan.

Avvalroq, «MYu» Keynning transferi uchun 50 million funtdan ortiq to‘lashga tayyor edi. Futbolchining «Tottenxem» bilan shartnomasi 2020 yilning yozida o‘z nihoyasiga yetadi. Unga shuningdek «Real», «Bavariya», «Chelsi» hamda «Manchester Siti» klublari qiziqishmoqdalar.

Joriy mavsumda Keyn hisobida Angliya chempionatining 6ta o‘yinida 3ta gol hamda bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.