Янгиликлар /

Runi qilmishi uchun uzr so‘radi

Мақола нашр қилинди

Angliya terma jamoasi hujumchisi Ueyn Runi bosh murabbiy Garet Sautgeyt va Angliya futbol assotsiatsiyasi mehmonxonalardan birida ko‘rsatgan hunari uchun uzr so‘radi.

«Ueyn bugun muxlislar tomonidan e’lon qilinib, bugun OAV orqali chop etilgan suratlar sabab rostan ham qattiq afsusda».

«Aslida bu butun jamoa uchun dam olish kuni bo‘lgan esada, bu tarzda olingan surat uning darajasidagi shaxsga to‘g‘ri kelmasligini yaxshi tushunib turibdi».

«Runi Garet Sautgeyt va FA i texnik direktori bilan suhbatlashib oldi va yuzaga kelgan vaziyat borasida chin dildan uzr so‘radi».

«Shuningdek u ushbu rasmni ko‘rgan yosh muxlislaridan ham uzr so‘raydi», — deyiladi Ueyn Runi nomidan yozilgan bayonotda.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.