Янгиликлар /

Kerrik jamoa tumoriga aylanib bormoqda

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Maykl Kerrik o‘z jamoasining omad tumoriga aylanib bormoqda.

Kerrik ushbu mavsum maydonga tushgan so‘nggi sakkiz uchrashuvda «qizil iblislar» biror marotaba ham mag‘lubiyatga uchragani yo‘q. Mankunianlar yarim himoyachi bilan barcha turnirlarda 22 ochko ishlashdi. Shu bilan birga, ushbu 8 ta o‘yinda 22 ta gol kiritildi.

Maykl Kerrik «Feyenoord»ga qarshi Yevropa ligasi guruh bosqichining 5-tur uchrashuvida 81 ta aniq pas berib, bahsdagi eng yaxshi ko‘rsatkich egasiga aylandi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.