Joriy mavsumdan ko‘plab o‘yinlarda zaxirada qolayotgan «MYu» sardori kecha Yevropa ligasi doirasidagi «Feynoord»ga qarshi bahsda o‘zining eng yaxshi o‘yinlaridan birini ko‘rsatdi va Ibrohimovichning e’tirofiga sazovor bo‘ldi: «Bu favqulodda futbolchi».
«Birinchi navbatda aytish kerak, u ajoyib yigit. Men uni futbolchi va inson sifatida o‘rgandim. So‘z topolmayapman, bu favqulodda futbolchi.
Uning o‘yin sifatlarini va qilgan ishlarini to‘g‘ri baholash kerak. Men Runi kabi faoliyatini zo‘r o‘tkaza olgan angliyalik futbolchilar ko‘p deb bilmayman. Bu holat unga bo‘lgan hurmatni oshiradi. Runi katta hurmatga loyiq», – deydi Ibrohimovich.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.