Янгиликлар /

Roxo: Yetakchilardan ortda qolyapmiz

Мақола нашр қилинди

Markos Roxo chempionat yetakchisi «Chelsi»dan 12 ochko ortda qolayotgan bo‘lishiga qaramay, chempionlik uchun kurashish mumkinligini aytdi.

«Biz bir qator uy uchrashuvlarida g‘alabaga loyiq o‘yin ko‘rsatdik. Raqiblarimizdan kuchli ekanimizni isbotladik. Ammo safardagi o‘yinlarimiz unchalik o‘xshamayapti va bu kishini g‘azablantiradi.

«Vest Hem» bilan o‘yin juda muhim. Biz Rojdestvodan oldin yaxshi pozitsiyada turibmiz. Bu davr ko‘p narsani o‘zgartira oladi.

APLda raqobat katta, biroq hammasi juda tez o‘zgaradi. Biz yetakchilardan ortda qolyapmiz. Ammo hozirda yaxshi formadamiz va sifatli o‘yin ko‘rsatyapmiz» — deya Roxoning so‘zlarini keltiradi «Manchester Yunayted» rasmiy sayti.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.