Янгиликлар /

Mourino diskvalifikatsiya qilinishi mumkin

Мақола нашр қилинди

«Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino ikki o‘yinga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.

U Angliya chempionati 13-turida «Vest Hem» (1:1) ga qarshi o‘yinning birinchi bo‘limida qizil kartochka olib maydonni tark etgan edi. 

Telegraph nashrining yozishicha, endilikda, bosh murabbiy o‘zini munosib tuta olmagani uchun ikki o‘yinga chetlashtirilishi mumkin.

Portugaliyalik mutaxassis o‘yin bosh hakami Jonatan Mossning qaroriga norozilik bildirgani sababli qizil kartochka bilan siylangan edi. Moss keskin kurashlar bilan kechayotgan bahsning 27-daqiqasida simulyatsiya uchun Pol Pogbaga sariq kartochka ko‘rsatganiga javoban qiziqqonlik qilgan Mourino suv idishni tepib, yordamchi hakamga o‘z noroziligini bildirdi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.