Янгиликлар /

Nelvill: Jozening «Yunayted» i yaxshiroq

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» sobiq sardori Gari Nelvill joriy mavsum Joze Mourino boshqaruvi ostida jamoa yaxshi o‘yin namoyish etayotganini ta’kidlab o‘tdi. Garchi o‘tgan yili shu vaqtda Lui van Gal boshqaruvida mankunianliklar 5 ochko ko‘proq jamg‘arishgan bo‘lsada, bu yil «Manchester Yunayted» o‘yini ancha chiroyli ko‘rinish olgani ta’kidlangan.

«Oxirgi haftalarda Mourino muntazam tanqid qilindi. Jamoa g‘alaba qozona olmaganda, hatto yaxshi o‘yin namoyish etilgan bo‘lsa ham g‘alabalar kelishini aytadigan murabbiy ahmoqqa o‘xshab ko‘rinadi. Ammo bu yilgi jamoa o‘tgan yilgisidan yaxshiroq ko‘rinayotganini ta’kidlab o‘tish lozim. Garchi kamroq ochko jamg‘arilgan bo‘lsa ham jamoa o‘yini menga yoqmoqda», — deydi Nevill.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.