Янгиликлар /

Ibrahimovich: Biz kuchli jamoani mag‘lub etdik

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» hujumchisi Zlatan Ibrahimovich Angliya chempionati 15 turida «Tottenxem»ga qarshi kechgan o‘yinda Pol Pogba jarimadan zarba bergani haqida fikr bildirdi.

«Men Pogbaga: «shu safar gol urganing ma’qul, chunki boshqa jarima to‘plarini senga bermayman», degandim. U esa darvoza ustunini nishonga oldi».

«Bu o‘yinda g‘alaba qozonish juda muhim edi. Chunki oxirgi vaqtlarda o‘zimiz istagan natijalarga erisha olmadik. Ammo o‘yinimiz yaxshi chiqayotgandi».

«Biz kuchli jamoani mag‘lub etdik, ular bizdan jadvalda oldinda ketayotgandi. Shunday ekan, oradagi farqni biroz yo‘qqa chiqardik».

«Yaxshi o‘yin ko‘rsatib g‘alaba qozonish — ajoyib uyg‘unlik», — deydi Ibrahimovich.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.