Янгиликлар /

Darmian: Qarorni murabbiy qabul qiladi

Мақола нашр қилинди

Matteo Darmian «Manchester Yunayted» ni tark etishi borasidagi xabarlarga izoh berib o‘tdi.

Britan OAV lari 27yoshli italiyalik futbolchi qishda «Yuventus» yoki «Inter»jamolaridan biriga o‘tishi mumkinligini yozishayotgan edi.

«Men jahoning yirik jamosidan birida to‘p suraman, va men bu yerda baxtliman. Mavsum o‘rtasida ijara asosida boshqa jamoaga o‘tishim mumkinmi?Hozirda bu haqida o‘ylashga vaqtli.Men ishlashda davom etmoqdaman va bu yerda qolishni istayman».

«Qarorni murabbiy qabul qiladi. Mavsum boshida tarkibga kiritmaganimda ham tinimsiz ishlashda davom etdim,o‘zimga beriladigan imkoniyatdan foydalanish uchun, murabbyi menga imkoniyat bermoqda. Hozirda maydonga tushmoqdaman,va albatta men juda baxtliman. Men maydonda va mashg‘ulotlarda o‘zimning maksimum imkoniyatimni namoyon qilishga harakat qilmoqdaman. Eng muhimi –jamoa g‘alab qozonishida yordam berish».

«Mening pozitsiyam? Umuman olganda men o‘ng qanot himoyachisiman, lekin chap qanotda to‘p surish men uchun muammo emas. So‘ngi bir qancha uchrashuvlarda chap qanotda to‘p surmoqdaman va o‘zimni hozirda ushbu o‘rinda qulay xis qilmoqdaman».

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.