Янгиликлар /

Mourino: Kimga yoqmasa, ketishi mumkin

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino qishda jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan futbolchilar haqidagi savolga javob berar ekan, hech kimni jamoada olib qolishga harakat qilmasligini aytdi.

«Men har qanday futbolchi bilan bog‘liq takliflarni eshitaman. Shuningdek, futbolchilarning o‘zlari ham oldimga kelib, gaplashishlari mumkin. Kimgadir bu yer yoqmasa va yaxshiroq taklifga ega bo‘lsa, qarshilik qilmayman. Boshqa jamoani tanlagan hech bir futbolchini fikrini o‘zgartirishga harakat qilmayman» – dedi Joze  FourFourTwo.ga bergan intervyusida.

Avvalroq, «MYu» bir qator futbolchilar, jumladan, Shvaynshtayger, Roxo, Darmiyan, Yang, Fellayni, Karrik, Memfis, Jonslarni qishda sotib yubormoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgandi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.