Янгиликлар /

Joze: O’yin qiyin kechdi

Мақола нашр қилинди

Joze Mourino APL 16-turidan o‘rin olgan «Kristal Pelas» va «Manchester Yunayted» (2:1) jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«O’yin qiyin kechdi, ammo biz haqli ravishda zafar quchdik. Birinchi bo‘limda to‘pni to‘liq nazorat qildik, lekin ikkinchi taymda raqib tashabbusni o‘z qo‘liga oldi va gol urdi. Keyin o‘yin tizgin yana biz tomonga o‘tdi. 20 daqiqa davomida «MYu»ni to‘xtatib bo‘lmadi».

««Kristal Pelas» darvozaboni Runining zarbasidan so‘ng ajoyib seyv qildi, Mata gol urdi, lekin u inobatga olinmadi. Nihoyat Ibrahimovich g‘alaba to‘pini kiritdi. Jamoaning o‘yinidan mamnunman», – dedi portugaliyalik murabbiy. 

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.