Янгиликлар /

Berbatov «Yunayted» ga qaytdi

Мақола нашр қилинди

Dimitar Berbatov «Manchester Yunayted» ga qaytdi, faqat bir haftaga deya xabar bermoqda Manchester Evening News nashri.

Bolgar OAV larining ham xabar bnrishicha «Yunayted»  sobiq hujumchisi Karringtonda qishgi transfer oynasi ochilguncha jismoniy holatini tiklab olish maqsadida mashg‘ulot olib bormoqda. 35 yoshli Berbatov xozirda erkin agent maqomida va yanvardagi tarnsfer oynasi vaqtida o‘ziga yangi jamoa topish niyatida.

Dimitar shuningdek yaqin yillarda murabbiylik faoliyatini olib borish niyatida Joze Mourino bilan suhbatlashib olmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Berbatov «Manchester Yunayted» safida 149 uchrashuvda maydonga tushib 56 gol urgan. Jamoani tark etgandan so‘ng «Fulxem», «Monako» va Gretsiyaning PAOK jamoalarida ham to‘p surgan.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.