Янгиликлар /

Mata: Barchasini murabbiy hal qiladi

Мақола нашр қилинди

IB Times nashri Xuan Mata jamoadoshi Genrix Mxitaryanni asosiy tarkibga kirish uchun raqib deya hisoblamasligi va u bilan birga maydonga tushishni hohlashi borasida ma’lumot berib o‘tdi. 

«Men ko‘p o‘yin o‘tkazdim va ko‘p gollar urdim, shunday ekan men baxtliman. Bu to‘g‘ri, bizning jamoada kuchli raqobat bor, bunday holatga faoliyatim mobaynida bir necha marotaba to‘qnash kelganman va hozir ham «Manchester Yunayted» asosiy tarkibiga kirish uchun kurash olib boryapman».

«Mxitaryan mening asosiy raqibim deya o‘ylamayman. Biz turli hil futbolchilarmiz va birga ham xarakat qilishimiz mumkin. Barchasini murabbiy hal qiladi, chunki u kim jamoaga yordam bershini biladi. Men uning uchun xursandman, Genrix so‘ngi vaqtda juda ajoyib o‘yin namoyish qildi. U juda yaxshi yigit va asosiy tarkibda maydonga tushishga loyiq».

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.