Янгиликлар /

Marsiyal «Vest Hem» qiziqishlari doirasida!?

Мақола нашр қилинди

Antoni Marsiyal «Vest Hem» jamoasi qiziqishlari doirasiga tushgan.

Londonliklar ushbu 21 yoshli fransiyalik futbolchini yanvar oyida qo‘lga kiritmoqchi.

Le 10 sport xabariga ko‘ra, bu transfer evaziga londonliklar Dimitri Payeni Manchesterga qo‘yib yuborishga rozi bo‘ladi.

Marsiyal Angliya chempionatining joriy mavsumida 10ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urgan va 3ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.

«MYu» 2015 yil yozida ushbu futbolchini «Monako»dan 36 million funt evaziga sotib olgandi, ammo bonuslar hisobiga bu transfer miqdori 57,6 million funtga aylanishi ham mumkin.

Shu yilning yozida manchesterliklar shvesiyalik hujumchi Zlatan Ibrahimovichni sotib oldi va to‘qqizinchi raqam Marsiyaldan olib, unga berildi. Endilikda 11 raqam ostida harakat qilayotgan Marsiyal bu qaror o‘zi bilan kelishmasdan qabul qilinganini aytib, matbuot orqali noroziligini bildirgandi.

Shu bilan birga Paye ham jamoasining chempionatdagi holatidan norozi. Uning jamoasi bilan shartnomasida agar jamoa mavsum yakunida chempionshipga tushib ketsa, jamoani 15 mln funt evaziga tark etishi mumkinligi haqidagi band bor.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.