Янгиликлар /

Joze Mourino: Fantastika

Мақола нашр қилинди

Joze Mourino Angliya chempionatining 17-turida «Vest Bromvich Albion»ga qarshi kechgan va 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan o‘yindan keyingi fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Bu juda yaxshi bo‘ldi. Biz o‘tgan haftada «Kristal Pelas» bilan ham zo‘r o‘ynagandik, bugun esa — yanada zo‘rroq. Kuchli raqibga qarshi maydonga tushgan bo‘lsakda, bir ilk daqiqadan oxirgisigacha biz o‘yinning borishini nazorat qildik. Biz ikkinchi golni urishni hayallatdik, ammo bu gol bo‘ldi. Himoyada ham a’lo darajada harakatlandik.

Zlatan Ibrahimovich dublni rasmiylashtirdi, va men uning tanasi emas, boshi biz uchun muhimroq ekanini aytishda davom etaman. Uning o‘yinlarini kuzatish men uchun yoqimli. Bu 35 yoshli futbolchi uchun fantastika. 25 hujumchilarning bari 35 yoshida u kabi bo‘lishni orzu qilishadi», — degan  Mourino BT Sport efirida.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.