«Manchester Yunayted» jamoasi rahbariyati o‘zinig transfer maqsadlariga aniqlik kiritib oldi.
The Telegraph nashrining ma’lumotiga ko‘ra, qishda mankunianliklar «Benfika» klubi himoyachi Viktor Lindelefni 38 million funtga sotib olmoqchilar, yozda esa «Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmanning, «Benfika»ning yana bir himoyachisi Nelson Semeduning, shuningdek «Monako» yarim himoyachisi Tyemue Bakayokoning transferini amalga oshirmoqchilar.
Xabar qilinishicha, «MYU» bularning bariga 180 million funt atrofida mablag‘ sarflaydi.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.