«Manchester Yunayted» futbolchisi Genrix Mxitaryan «Sanderlend» ga qarshi kechgan o‘yindan so‘ng 35-yoshli jamoadoshi Zlatan Ibragimovich ko‘rsatayotgan o‘yini borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
«Ibragimovich ko‘rsatayotgan o‘yinda uning yoshi ahamiyaga ega emas. U ajoyib ishlarni amalga oshirmoqda, va men uning uchun juda xursandmani, chunki u bunga loyiq», — dedi Mxitaryan MUTV ga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Ibragimovich «Sanderlend»ga qarshi uchrashuvda bir gol mualliflik va ikki golga assistentlik qildi.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.