Янгиликлар /

Giggz «Suonsi» murabbiyiga aylanishi mumkin

Мақола нашр қилинди

Manchester Evening News nashri xabar berishicha «Suonsi» jamoasi «Manchester Yunayted» sobiq futbolchisi va murabbiyi Rayan Giggzni bosh murabbiylikka tayinlashi mumkin.

Giggz jamoa rahbariyati bilan oktyabr oyida uchrashgan, lekin yakunda jamoaga amerikalik Bob Bredlini tayinlagan edi. Bredli ushbu hafta boshida ishdan bo‘shatildi.

Shu sababli rahbariyat jamoaga yangi bosh murabbiy izlamoqda, asosiy nomzod sifatida esa yana uelslik Rayan Giggz ko‘rilmoqda.       

Shuningdek Naydjel Pirson, Roy Xojson va Kris Koulmen ham bosh murabbiylikka nomzodlar orasida bor.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.