«Manchester Yunayted» hujumchisi Antoni Marsyal qishgi transfer oynasi vaqtida «Sevilya» jamoasiga o‘tishi mumkin. Bu xaqida 21 yoshli futbolchining agenti Filipp Lamboli xabar bermoqda.
«Biz diqqat bilan «Sevilya» jamoasi taklifini o‘rganib chiqmoqdamiz. Bu yaxshi jamoa, primerodagi o‘rni va Chempionlar Ligasidagi o‘yini bunga dalalil. Jamoa ajoyib murabbiy bor. Sizga aytmoqchi bo‘lgan gaplarimning bari shu holos», – dedi Lamboli Sky Sports nashriga bergan intervyusida.
Ushbu mavsumda Marsyal APL ning 11 uchrashuvida maydonga tushib 1 gol urgan.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.