Янгиликлар /

Mourino: Marsyal hali juda yosh

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino jamoa hujumchisi Antoni Marsyal haqida fikr bildirdi. 21 yoshli hujumchi joriy mavsum «MYU» tarkibida 11 o‘yinda maydonga tushdi va shundan 7 tasini asosiy tarkibda boshlagan.

«Antoni hali juda va juda yosh. Odamlar o‘tgan mavsum «MYU» mutlaqo boshqacha uslubda o‘ynaganini unutib qo‘ymoqdalar. Jamoa to‘pni passiv tarzda ushlab turardi va Antonida bo‘sh xudud paydo bo‘lgach, unga pas berardi».

«Bu yil esa hammasi ancha murakkab, Marsyal o‘yinini kuchaytirishi lozim. Har bir o‘yinchi boshqalardan farq qiladi. Bu yil Marsyaldan ko‘ra Mxitaryan bilan bog‘liq vaziyat murakkabroq edi. Ammo u ko‘p ishladi va maydonga tushmasada kuchayishga intildi», — deydi Mourino.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.