Sky Sports APL jamoalarining ushbu mavsumda darvoza to‘sini yoki ustunini necha marotaba «nishonga olishganini» hisoblab chiqibdi.
«Manchester Yunayted» klubi bu borada yaqqol yetakchi – ushbu jamoa a’zolari jami 19 marotaba mana shunday zarbalar ijro etishgan.
«Manchester Siti» hisobida esa 17 ta, «Tottenhem» hisobida esa14 ta «to‘sin bor».
Eng kam, atigi bir marotaba darvoza ustuni «Sanderlend» raqiblari joniga oro kirgan.
Futbolchilar ichida esa, Pol Pogba va Kevin Bryuyne yetakchi, ushbu futbolchilar amalga oshirgan yettidan zarba darvoza to‘sini yoki ustunga tekkan.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.