Янгиликлар /

«Old Trafford» da o‘rgimchak-kamer o‘rnatildi

Мақола нашр қилинди

Premer Liga 21-turidan o‘rin olgan «Manchester Yunayted» — «Liverpul» o‘rtasidagi uchrashuvda Sky Sports telekanali APL da ilk marotaba o‘rgimchak-kamera (камера-паук) texnalogiyasidan foydalanadi. Bu texnalogiya avvalroq Jahon chempionati va Chempionlar Ligasi uchrashuvlarida foydalanilgan edi.

Ushbu kamera yordamida maydonnit 10 dan 40 metr yuqorilikda tasvirga olish imkoniyati paydo bo‘ladi. Dushanba kuni «Old Trafford» ushbu texnologiyadan foydalanish bo‘yicha rasmiy ruxsatnomani oldi.

Sky Sports futbol departamenti boshlig‘i  Gari Xyuz aytishicha: «Bunday katta uchrashuvlar, «Yunayted» — «Liverpul» kabi o‘yinlarda bunday texnologiyani Premer Ligatarixida ilk bora qo‘llash uchun yaxshi imkoniyat. Bu jahon futbolidagi eng katta to‘qnashuv, va biz muhlislar uchun uchrashuvlardan maksimal darajada zavq olishlari uchun bunday kameradan foydalanish niyatidamiz».

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.