«Manchester Yunayted» hujumchisi Zlatan Ibragimovich APLga juda kam vaqt oralig‘ida ko‘nikkanini ta’kidladi.
«Men Diyego Kostaning natijalari orqasidan yugurmoqchi emasman. Mening maqsadim – sovrin. Gollar esa, har bir futbolchi uchun shunchaki, maqsadga erishish yo‘lidagi yoqimli bir bonus. Men qo‘limdan keladigan eng yaxshi ishni qilayapman, ya’ni gollar urmoqdaman. Jamoa uchun yordam berish va jamoadoshlarimni qulay vaziyatlarga chiqarish uchun harakat qilayapman. Xuddi, jamoadoshlarim ham menga yordam berayotganidek. Mening shaxsiy maqsadlarim yo‘q. Ahir men Angliyani uch oydayoq zabt eta oldim».
«Men boshidanoq jamoa o‘yindan o‘yinga kuchayib borishini aytgan edim. Endilikda jamoaning o‘yinida oldinga qadam tashlash borligini ko‘rishingiz mumkin. Qolaversa, Manchester Yunayted bundan ham yaxshiroq o‘ynay oladi, deb o‘ylayman. Shunday ham bo‘ladi. Boisi, jamoa buning uchun bor kuchi bilan o‘ynamoqda» – deydi Ibragimovich.
Eslatib o‘tamiz, Zlatan Ibragimovich ushbu mavsumda APLda 19ta uchrashuvda maydonga tushib 13 ta gol urib, 4 ta golga assistentlik qilgan
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.