Янгиликлар /

UBER - yangi hamkor

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» rasman Amerikaning mashhur kompaniyasi Uber bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi. Bu kompaniya mobil ilova dasturi orqali taksi buyurtma qilish va to‘lovni amalga oshirish imkoniyatini taqdim etishi bilan mashhur.

Hamkorlik doirasida «Old Trafford» atrofida Uber dan foydalanuvchilar uchun hudud tashkil qilinadi. Uber shuningdek yaqin vaqtlar ichida «Manchester Yunayted» muhlislari uchun mahsus dasturni yo‘lga qo‘yishni ham rejalashtirgan.

2016 yil avgustdagi ma’lumotlarga ko‘ra Uber jahon bo‘ylab 500 dan ortiq shaharlarda o‘z hizmatlarini amalga oshiradi.

 

 

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.