Янгиликлар /

Ibragimovich: Pogba bosimga dosh bera oladi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» hujumchisi Zlatan Ibrahimovich yaxshi futbolchilar doim bosim ostida harakat qilishlarini va Pogba bunga ko‘nikishi kerakligani aytib o‘tdi.

«Bosim ostida o‘ynash menga huzur bag‘ishlaydi. Pogbaga keladigan bo‘lsak, uni yaxshi bilmayman shuning uchun bu savolga javob berishim qiyin. Ammo o‘ylaymanki, unga ham bosim bilan o‘ynash yoqadi, unday bo‘lmaganda biz bunday yuqori saviyada o‘ynay olgan bo‘lmasdik».

«Agar siz yuqori saviyada harakat qilmoqchi bo‘lsangiz, unda 24 soat bosim ostida bo‘lishga o‘rganishingiz kerak. Qancha yaxshi o‘ynasangiz bosim shuncha ortib boraveradi. Biz bunga dosh berishni o‘rganishimiz kerak. Pogba yuqori sifatli o‘yin namoish etadi, bunday futbolchilarda doim yuqori bosim bo‘ladi», — deya Ibrahimovich so‘zlarini keltirmoqda Sky Sports nashri.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.