Янгиликлар /

Valensiya jamoada yana bir yil qoladi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» rasman Antonio Valensiya bilan amaldagi shartnoma bir yilga uzaytirilganini e’lon qildi. Shu tariqa 31 yoshli ekvadorlik futbolchi «Old Trafford» da kamida 2018 yil iyuniga qadar to‘p suradi.

Valensiya «Yunayted» ga 2009 yil «Uigan» jamoasidan kelib qo‘shilgan edi. Shu kunga qadar u 271 o‘yinda ishtirok etib 21 gol urishga erishgan. 20011-2012 mavsumda esa Valensiya o‘ziga xos xet-trik qayd etgan. Ya’ni muhlislar o‘rtasida va futbolchilar o‘rtasida jamoaning eng yaxshi futbolchisi hamda mavsumning eng chiroyli goli muallifiga aylangan.

Joriy mavsumda Valensiya barcha musobaqalarda umumiy 23 uchrashvda maydonga tushdi. Noyabr oyida esa jamoasining eng yaxshi futbolchisiga aylandi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.