Янгиликлар /

Bayi: Faoliyatimni «Yunayted» da tugataman

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» himoyachisi Erik Bayi faoliyatini so‘ngigacha «Old Trafford» da to‘p surishi istagi borligini aytib o‘tdi. Bayi yozda «Yunayted» tarkibiga «Vilyarreal» jamoasidan kelib qo‘shilgan va hozirda u terma jamoasi bilan Afrika Millatlar Kubogida ishtirok etmoqda.

«Umid qilamanki, Manchesterda faoliyatim so‘ngiga qadar to‘p suraman. Men jamoada baxtliman, chunki bu buyuk jamoa. Bu yerda faoliyat olib borishim men uchun sharaf, umid qilamnki men o‘zimning eng yaxshi o‘yinimni ko‘rsatib, bu yerda yetuk o‘yinchiga aylanaman».

«Bizda yangi futbolchilar va yangi murabbiy. Xozir shuni aytishim kerakki, jamoada ajoyib muhit hukumronlik qilmoqda va buni jamoaning so‘ngi ko‘rsatayotgan natijalari ham ko‘rsatib turibdi».

«Biz bilamiz, Mourino kabi murabbiylarga, futbolchilar barcha imkoniyatlarini ko‘rstishlari kerak. Men ishonamanki, jamoa yanada o‘sib bormoqda. Futbolchilar bir-birlarini maydonda ham, undan tashqarida ham yaxshi tushinishmoqda».

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.