Янгиликлар /

Agent: Shou jamoada baxtli

Мақола нашр қилинди

«Yunayted» himoyachisi Lyuk Shou agenti hisoblangan Djonatan Barnett so‘zlariga ko‘ra uning mijozi jamoani yaqin orada tark etmaydi.

21 yoshli futbolchi joriy mavsumda Joze Mourino qo‘l ostida 13 uchrashuvda ishtirok etgan va 30 noyabrdan beri biror marotaba ham maydonga tushmadi. Shu sababli turli OAV lar «Yunayted» futbolchini sotib yuborish niyatida degan xabarlarni aytishmoqda. Bu masalaga futbolchining agenti oydinlik kiritdi.

«Lyuk jamoada baxtli. «Manchester Yunayted» ham undan xursand, u ham «Manchester Yunayted» da baxtli».

Britaniyaning The Telegraph nashri xabar berishicha Joze Mourino Shouning imkoniyatlarini yaqin orada bo‘ladigan «Xall Siti» va «Uigan» ga qarshi Kubok bahslarida ko‘rish niyatida. 

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.