Янгиликлар /

Runi fondi xayri ishlarini amalga oshirmoqda

Мақола нашр қилинди

2016 yilning avgust oyida «Old Trafford» stadionida «Manchester Yunayted» hamda «Everton» o‘rtasida Ueyn Runining «MYU» dagi 12 yilligiga bag‘ishlangan xayriya uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi.

Chiptalardan tushgan pul Ueyn Runi fondiga tushishi va ular Manchesterdagi bir nechta bolalar kasalxonalariga ajratilishi kerak edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘sha bahsdan 1,2 mln. funt foyda tushgan. Barcha 

«O‘sha uchrashuvga kelib, o‘yinni o‘zgacha o‘tishiga yordam bergan barchaga rahmat aytaman. Og‘ir holatda bo‘lgan bolalarga yordam berish uchun yetarli darajada pul to‘pladik. Bu ularning hayoti uchun katta ahamiyatga ega», — deydi Runi.

2017 yilda Ueyn Runi fondi 5 mln. funt ishlab, bu pullarni xayriya qilishni rejalashtiryapti.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.