Янгиликлар /

Mourino: Depay yana qaytishi mumkin

Мақола нашр қилинди

Joze Mourino Memfis Depayni jamoani tark etganini tasdiqlab, keyinchalik futbolchini qayta sotib olish sharti bilan transfer amalga oshganini aytib o‘tdi.

«Ha, biz uni qo‘shimcha shartlar asosida transfer qildik, chunki u yuqori potensialga ega yaxshi futbolchi. Janob van Gal uni o‘z vaqtida xarid qilib to‘g‘ri qilgan, chunki uni yaxshi bilar edi. Jahon Chempionatida Memfis juda yosh edi, shunga qaramay u o‘zini yuqori darajada ko‘rsata olgan edi. U Gollandiya chempionatida ham ajoyib o‘yinagan, va uning ishtirokida bir qator ajoyib vaziyatlarni guvohiga aylanganmiz».

«U «Manchester Yunayted» ga kelgan 18 oy davomida ko‘p narsa ko‘rsata olmadi, lekin u hali juda yosh va jamoa uchun uni faoliyatini nazorat qilish muhim. Biz uni «Lion» o‘ynab ketib, va keyin yana jamoaga qaytishiga imkoniyati bor. Nega bunday bo‘lmasligi kerak? Uni bu yerda hamma yaxshi ko‘radi».

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.