Янгиликлар /

Valensiya: Barchasini xazil deb o'ylagan edim

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Antonio Valensiya «Uigan» ga qarshi kechadigan o‘yin oldidan mankunianliklar safiga o‘tishi tafsilotlarini esladi.

«Oldimga Stiv Bryus kelib, «Manchester Yunayted» dan taklif bo‘lganini aytganini eslayman. Men ishonmaganman, chunki u men bilan tez-tez hazillashib turar edi. Ammo bu safar Bryus hazil qilmagani va barchasi jiddiy ekanini aytdi».

«Keyin men Fergyuson bilan uchrashdim va uning ko‘zlariga qarab, qiziqish qay darajada jiddiy ekanini tushunib yetdim. Bu ajoyib edi. O‘sha kuni men na yig‘lashni va na xursand bo‘lishni bilardim».

«Darhol Ekvadorga, oilamga qo‘ng‘iroq qilganman va ular ham avvaliga ishonishmagan! Baxtimga transfer amalga oshdi va men «Manchester Yunayted» ga o‘tdim», — deydi Valensiya.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.